| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ABITURIYENT-2018

“Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi
3-11-2016, 10:39
"Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi
Kafedra mudiri: Hasanov Azamat Ozadovich
Tel: +998909787286
Malumot: Oliy
Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Malumoti bo'yicha mutaxassisligi: Bino inshootlar arxitekturasi
Chet tillari: rus tili, ingliz tili (lug'at yodamida)

Kafedra haqida
Yangi aholi joylarini va xalq xojaligini qurish ta'mirlash uchun yuqori malakali mutaxassislar zarur edi. 1923 yilda O’rta Osiyo Davlat Universiteti asos solingan.1929 yil O’rta Osiyo paxtachilik irrigasiya Politexnika instituti alohida ajralib chiqadi. Uning tarkibida "Mexanika”, "Suv xojaligi”, Agropaxtachilik”, "Kolxozchilik va sovxozchilik” va "Qurilish” fakultetlari bolgan. Qurilish fakultetida arxitektura bo’limining yaratilishida G.Svarichevskiyning xizmatlari katta. 1931 yilga kelib O’rta Osiyo Qurilish Instituti ozining tarkibida "Injener qurilish”, "Sanitariya texnika” va "Arxitektura” fakultetlaridan tashkil topadi.
Arxitektura fakultetida 3 ta kafedra shundan 1 tasi "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi edi. Kafedra mudiri Kolotov S.M bo’lgan. Uning bir qancha arxitektor mutaxassislar tayyorlashda xizmatlari katta. 1949 yilda yangi bo’limlar ochilishi munosabati bilan, O’rta Osiyo Qurilish Instituti, yangi Orta Osiyo Politexnika Institutiga aylantirildi.
1961 yildan O’rta Osiyo Politexnika Instituti, Toshkent Politexnika Institutiga aylantirildi (TashPI). "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasini SSSR xalq arxitektori prof. Boboxonov A.B  boshqargan. Boboxonov A.B boshchiligida bir qancha yetuk mutaxasislar ishga qabul qilinadilar. dots. Karash L.G, dos.Kolomenskiy V.N, dos.Garamov Yu.M, dos.Duranovskaya Ye.I va boshqalar. Vaqt otib "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi "Turar joy binolarni loyihalash”kafedrasi (prof Babievskiy K.V, Kolomenskiy V.N, Korobovsev G.I, dots Asomov R.J), "Jamoat binolari va Intererni loyihalash” kafedrasi (prof Babaxonov A.B, prof Hidoyatov T.A), "Sanoat binolarini loyixalash” kafedrasi (Boymuxamedov B.A) bo’linadi. 1991 yili Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti tashkil etilib, kafedra "Arxitekturaviy loyihalash” ga o’zgartirildi va kafedraga prof. Ubaydullaev X.M tayinlanadi. 2002 yilga kelib kafedra mudiriga prof. Hidoyatov T.A boladi. 2005 yilda kafedra "Arxitektura va Shaharsozlik” deb nomlandi prof Latipov D.V, 2006 yil apreldan dots Tursunov S.T. 2007 yildan prof. Ubaydullaev X.M kafedra mudiri bo’lib ishlab keldi. 2009 yildan kafedra "Arxitekturaviy loyihalash” aylantirildi. 2011-2012 yillar Mansurov Y.M. 2012-2015 yillar kafedra mudiri Yunusov Sh.H. 2015-2016 yillar Reyimbayev Sh.S. 2016-2017 Yunusov Sh.H. 2018 yil yanvardan  kafedrani Phd Hasanov A.O. boshqarib kelmoqda.
Asosiy ilmiy yo`nalishlar 
• Buyurtmachining talablari bo’yicha jamoat va turar joy binolarning loyixalarni o’rganish va ishlab chiqish.
• Qishloq va shaxar jamoat va turar joy bino va inshoatlarning arxitekturaviy echimlarining yaratilish printsiplarini o’rganish va ishlab chiqish.
• Tejamkor jamoat va turar joy binolarning loyixalarni o’rganish va ishlab chiqish.
• Jamoat va turar joy binolarining loyixalash uchun arxitektura-ijtimoiy izlanishlarni ishlab chiqish bilan tajriba almashish.
Asosiy o`qiladigan fanlar
Bakalavr
• Arxitekturaviy loyihalash.
• Arxitekturaviy grafika
• Turar joy va jamoat binolarning tipologiyasi
• Zamonaviy inter’er va jixozlar
• Bitiruv oldi loyiha
• Turar joy va jamoat binolarini loyihalash
Magistratura
• Arxitekturaviy loyihalashning ijtimoiy asoslari
• Arxitekturaviy bionika
• Arxitekturaviy loyihalash
• Ilmiy ishni yozish tamoyillari
• Ilmiy ishni analiz va sintez qilish metodlari
• Turar joy va jamoat binolarning soyiologiyasi
• Ilmiy malumotlarni to’plash va tizimga solish
Bitiruv mutaxassisligi
• 5340100 –"Arhitektura”
• 5A340101–"Bino va inshootlar arhitekturasi”



Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi