| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



"Chizma geometriya va kompyuterda loyihalash” kafedrasi
3-11-2016, 10:57
Kafedra mudiri: Saydaliev Saydkarim Saydnabievich
Telefon raqami: +998712411086
Elektron pochta: arxitektor_chizma@mail.ru
Ma’lumoti: Oliy
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: Chizmachilik
Ilmiy darajasi: Pedagogika fanlari nomzodi, Dotsent
Chet tillarini bilish darajasi: Rus tili

Kafedra haqida
Chizma geometriya va injenerlik grafikasi fanlaridan  talabalarga malakali bilim berishni tashkil qilish maqsadida 1991 yil 1 iyulda institut tarkibida "Chizma geometriya va qurilish chizmachiligi” kafedrasi tashkil etilgan va unga texnika fanlari nomzodi, dotsent Mirxamidov D.X. rahbar etib tayinlangan. 2000 yildan boshlab "Arxitektura” yo‘nalishi o‘quv rejasiga "Kompyuterda loyihalash” fani kiritildi va o‘quv jarayonida darslar tashkil etildi. Asosan, AutoCAD va 3D studio MAX grafik dasturlari professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirildi, namunaviy  dasturlar ishlab chiqildi, o‘zbek tilida grafik dasturlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, auditoriya va mustaqil ta’lim topshiriqlari yaratildi, talabalarga dars o‘tish uslubiyati ishlab chiqildi, yangi kompyuter xonalari tashkil etildi. Hozirgi kunda "Kompyuter grafikasi” fani 9 ta yo‘nalish talabalariga o‘qitiladi. 
Kafedra 2006-11 yillar «Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi bilan birlashtirilgan va "Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi nomi berilgan. 2011 sentyabr oyidan "IKG” kafedrasi  bo‘lindi va "Chizma geometriya va kompyuterda loyihalash” kafedrasi alohida faoliyat ko‘rsata boshladi. 
Bugun kunda kafedra mudiri p.f.n., dotsent S.S.Saydaliyev, kafedrada a.f.n. dotsent L.U. Rasul-Zade, katta o‘qituvchilar B.V. Nig‘monov, M.Xamroqulova, X.T.Abidov, F.S.Rasulova, assistentlar Z.X.Mansurov, E.A.Nurmatov, S.X.Mardov, texnik xodim D.A.Uraqovalar xizmat qilmoqdalar.
Ular "Chizma geometriya va perspektiva”, "Chizma geometriya va injenerlik grafikasi”, "Kompyuterda loyihalash”, ”Kompyuter grafikasi”, fanlaridan institut talabalari, magistrantlari, iqtidorli talabalari, malaka oshirish fakulteti tinglovchilariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmoqdalar.Yuqorida keltirilgan fanlarning  o‘quv dasturlari, hisob-grafik ishlari, amaliy mashg‘ulotlari topshiriqlari, ularni yechish uslubiyatlari ishlab chiqilgan. Barcha fanlarning ma’ruza matnlari yaratilgan bo‘lib, ular har yili takomillashtirib boriladi. Mustaqillik yillarida o‘zbek tilida 40 dan ortiq o‘quv adabiyotlari yaratildi va o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Har kuni soat 1500 dan 1700 gacha kafedra tasarrufida bo‘lgan kompyuter xonalarida to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtiradi, bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini yozadilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi