| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“BINO VA INSHOOTLAR” KAFEDRASI
3-11-2016, 09:38
 Kafedra mudiri: Yusupov Usmonjon Turgunaliyevich 
Telefon: 241-15-30
E-mail:pgs_9111@mail.ru
Ma`lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: dotsent
Chet tillarni bilishi: Rus tili
Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi: Muhandis quruvchi
"Bino va inshootlar” kafedrasi
      "Bino va inshootlar” kafedrasi 1929-yilda tashkil etilgan. Kafedra 1929-1940 yillarada "Qurilish san’ati”, 1947-1992 yillarda "Sanoat va fuqoro binolari arxitekturasi” deb yuritiligan. 1992 yildan boshlab esa "Bino va inshootlar” kafedrasi deb nomlandi.
      Kafedraga t.f.n. dotsent, Folkman L.E., t.f.n. dotsent  Martirosyants G.G. arx.f.n. dotsent Abdurasulov K.I, t.f.n. professor Kazakbaev K.K., t.f.n. dots. Narzullayev F.N., arx f.n.dots. Suxanov I.S. 1968 yildan t.f.n. dots. keyinchalik 1979 yildan t.f.d prof. Nuretdinov X.N., dots. Kuchkarov R.A., dots. Pirmatov R.X., dots. Sayfiddinov S.  2016- yildan dots. Yusupov U.T.  rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedrada 5340200-"Bino va inshootlar qurilishi”, 5340100-"Arxitektura”, 5610100-"Xizmatlar sohasi”, 5340100- "Arxitektura”, 5610100-"Xizmatlar sohasi”, 5340400 – "Muxandislik komubikatsiyalari qurilishi va montaji”, 5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, 5340900- "Ko’chmas mulk ekspertiziyasi va uni boshqarish”yonalishlari boyicha baqalavrlarga, hamda 5A340201 "Bino va inshootlar qurilishi(Energiya samarali binolar)” magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrantlarga dars o’tiladi.
        "Bino va inshootlar kafedrasi” Bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha respublikada tayanch kafedra xisoblanadi, shu bilan bog’liq ta’limga oid barcha me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilishida kafedraning o’z o’rni bor, shu yo’nalishining o’quv – uslubiy ta’minoti va uni rivojlantirish bo’yicha kafedrada muntazam ishlar amalga oshiriladi
Kafedra professor t.f.d. Shipacheva Ye.V., texnika fanlari nomzodlari, dotsentlar Yusupov U.T., Sayfiddinov S., Miralimov M.M., Maxmudov   S.M., Kuchkarov R.A., Zoxidov M.M., Mirbabaeva D.X., katta o’qituvchilar Xakimov G’.A., Boltaev J.I., Inomov B., Babajonov M.B., Axmadiyorov U.S., assistentlar, R.I.Saydahmedov A., Mingyasharov, M. Qambarov, B.Jabborov, O’.Boboqulov, X.Abduraimova, M.Kamilova J.Xasanov, K.Ro'zmatovlar faoliyat olib boradilar. Shu bilan birga  talabalar va magistrlarga  chuqur bilim berib kelmoqdalar. 1991-2015 yillar davomida kafedrada 3ta doktorlik, 8 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi, shulardan 1 ta doktorlik, 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi ximoya qilindi.