| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Jismoniy tarbiya” kafedrasi
3-11-2016, 09:57
Kafedra mudiri: Abduxoliqov Sardor Safarovich
Telefon raqami: +998909948740, +998712413526
Elektron pochta: abduxolikov.sardor@mail.ru
Ma’lumoti: Oliy
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: Sport faoliyati,dzyudo sport turidan mutaxassis
Ilmiy darajasi: Yo'q 
Chet tillarini bilish darajasi: Rus tili, Ingliz tili

Kafedra haqida
Jismoniy tarbiya kafedrasi 1991 yil tashkil topgan. Toshkent arxitektura qurilish institutida dotsent, yunon-rum kurashi bo`yicha bir necha bor Respublika chempioni ,sport ustasi, 3ta o`quv qo`llanma va 7 ta o`quv ishlanmalari muallifi Raximov X. K. 2003 yilda «Jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
«Jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri lavozimida 2010-2013 yillarda Inog’omjonova F.Sh. ishlagan.
2013 yildan hozirgi vaqtga qadar «Jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri lavozimida dotsent Gafurjanov Farxod Samadovich o’z ish faoliyatini olib borgan.
2016- 2017 yil   vaqt oralig`iga  qadar «Jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri lavozimida dotsent.v.b Mirzaev Abdulxamit Ma`rufovich o’z ish faoliyatini olib borgan.
Respublika va xalqaro miqyosida o`tkazilgan barcha sport musobaqalarida institutimiz talabalari faollik bilan ishtirok еtmoqdalar.
Toshkent arxitektura qurilish institutida sportning quyidagi turlari bo`yicha terma guruhlar (futbol, kurash, shaxmat-shashka va stol tennisi) mavjud bo’lib hozirgi kunda ham davom ettirib borilmoqda.
Ta`lim jarayonida talabalar tibbiy ko’rikdan muntazam o`tkazilmoqda. Ularning jismoniy tarbiya va sport darslariga tayyorgarligi amaliyot orqali tekshirib boriladi. Maxsus dastur asosida o`qitish asoslarini kafedra mutasaddilari tomonidan ilmiy texnik jixatdan qayta ishlab bormoqdalar.
Darslar rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. 2017 yil noyabr oyidan kafedra mudiri etib Abduxoliqov Sardor Safarovich tayinlandi. 
Bugungi kunda kafedrada darslik va o’quv qo’llanmalar tayyorlash borasida professor o’qituvchilar tomonidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.Kafedraning professor o’qituvchilari jamoat ishlarida ham faol qatnashib kelmoqdalar.Jumladan,ular tomonidan O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarni mahallalarda, talabalarning yotoqxonalarida va boshqa joylarda targ’ib qilib kelmoqdalar.Kafedra professor –o’qituvchilari doimiy ravishda halqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda, seminarlarda ishtirok etib kelmoqdalar.
Kafedrada Xalqaro toifadagi sport ustasi, Murabbiy ko’p yillar muobaynida respublikamiz terma jamoasida  murabbiy vazifasini bajargan dotsent v.b, o’z faoliyatini olib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablarni amalga oshirishda Oliy ta’lim va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash ta’lim, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishni takomillashtirish hamda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura) da taxsil olayotgan talabalarni sport mashg`ulotlariga  kengroq jalb etish,ta’lim bilan fanning samarali integratsiyasini ta’minlash,ta’lim muassasalarida spjrtni jadal rivojlantirish va shu asosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iboratdir.Shu maqsadda kafedra quyidagi O’zRFA tizimidagi institutlar, respublika oliy  va o’rta maxsus kasb hunar ta’limi muassasalari, davlat  va jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi