| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish” kafedrasi
3-11-2016, 11:06
Kafedra mudiri: Maxmudova Dildora Ernazarovna
Telefon raqami: +998946122504
Elektron pochta: dildoram76@mail.ru
Ma’lumoti: Oliy
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: Iqtisodchi-tashkilotchi
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi, Dotsent
Chet tillarini bilish darajasi: Rus tili, Ingliz tili

Kafedra haqida
Kafedra 1998 yilda "Suv ta’minoti va kanalizatsiya”, hamda "Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyatsiya” kafedralari birlashuvi asosida tashkil topgan. 
Каfedra tashkil etilgandan keyin kafedrani 1998-2012 yillarda t.f.n., professor Yu.K.Rashidov, 2012-2016 yillarda t.f.n., dotsent E.S.Bo’riyev, hozirgi vaqtda kafedraga t.f.n., dotsent D.E.Mahmudova mudirlik qilmoqda.
Ayni vaqtda " Injenerlik kommunikasiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish” kafedrasida 1 ta professor, 6 ta dotsent,5 ta katta o‘qituvchi va 6 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashda, informatsion texnoligiyalarni joriy etishda, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy  hamda ilmiy tatqiqot ishlarida namuna ko‘rsatib kelmoqdalar.
Kafedra texnik oliy o’quv yurtlarini va kasb-hunar kollejlarini "Gaz ta’minoti”, "Vеntilyatsiya”, "Oqava suvlarni oqizish”, "Binolarninig santehnik jihozlari” fanlaridan zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlashda Respublikamizda etakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklar hozirgi vaqtgacha "Suv ta’minoti va kanalizasiya”, xamda "Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyatsiya” mutaxassisliklari uchun asosiy o’quv adabiyoti sifatida foydalanilmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib borish yaxshi yo’lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yangi darsliklar va o’quv uslubiy qo’llanmalar yaratish bilan birgalikda muhandislik kommunikatsiyalarining dolzarb sohalarida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy izlanishlari bir qator oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Olingan ilmiy-amaliy natijalar va xulosalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy anjuman va seminarlarda muhokama qilinmoqda hamda ilmiy maqolalar tarzida chop etilmoqda.
Kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi:
5340400 - Muhandislik kоmmunikatsiyalari qurilishi va mоntaji (turlari bo’yicha) bakalavriatura ta’lim yo’nalishi:
- issiqlik-gaz ta’minоti va vеntilyatsiya;
- suv ta’minоti va kanalizatsiya.
5341200 - Suv ta’minоti va kanalizatsiya tizimlarini lоyihalashtirish va ekspluatatsiyasi.
5A340403 - Issiqlik-gaz ta’minоti, vеntilyatsiya, havоni mo’tadillash va havо havzasini muhоfaza qilish.
5A340401 - Suv ta’minоti, kanalizatsiya, suv rеsurslarini muhоfaza qilish va ulardan samarali fоydalanish.

O‘qitiladigan fanlar ro‘yhati
BAKALAVRIATURA
1. Suyuqlik va gaz mexanikasi
2. Nasoslar va havo uzatish stansiyalari
3. Issiqlik texnikasi
4. Issiqlik ishlab chiqarish uskunalari
5. Issiqlik massa almashinuvi
6. Suv kimyosi va mikrobiologiya
7. Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
8. Tayyorlash, payvandlash va montaj ishlari texnikasi va texnologiyasi
9. Gaz ta’minoti tizimlari
10. Issiqlik ta’minoti tizimlari
11. Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlari
12. Gaz neft quvurlari va gaz neft omborlari
13. Suv ta’minoti va oqova suvlarining ishini tashkil etish va foydalanish
14. Suv ta’minoti
15. Oqova suvlarni oqizish

MAGISTRATURA
1. Isitish
2. Issiqlik ta'minoti
3. Gaz ta'minoti
4. Ventilyatsiya
5. Havoni konditsiyalash
6. Suv tayyorlash texnologiyasi
7. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish
8. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi
9. Sanoat korhonalarini suv bilan ta'minlash
10. Sanoat korhonalarini oqova suvlarini oqizish tizimlari

Asosiy o’tiladigan amaliy ishlar
1. Isitish va issiqlik ta'minoti tizimlarini ekspluatatsiyasi.
2. Gaz ta'minoti tizimlarini montaji va ekspluatatsiyasi.
3. Zamonaviy ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini montaji va ekspluatatsiyasi.
4. Suv tayyorlash texnologiyasini tashkil etish tadbiqi.
5. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish.
6. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasini tadbiqi.
7. Sanoat korhonalarini sifatli suv bilan ta'minlash va oqova suvlarini oqizish tizimlarini ekspluatatsiyasi.

Ilmiy yo‘nalishlar
1. Muhandislik kommunikatsiya tizimlari uchun energiya tejamkor va muqobil energiya manbalaridan foydalaniladigan texnologiyalar va jihozlarni yaratish hamda amaliyotga tadbiq qilish.
2. Suv ta’minoti va oqoqva suvlarni oqizish tizimlarining tejamkor, ishonchli, takomillashgan usullarini tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish.
O’quv metodik ishlar
Kafedrada doimiy ravishda issiqlik, gaz ta’minoti, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash, suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish tizimlari bo’yicha darsliklar, o`quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar tayyorlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda va to’ldirilmoqda.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi