| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi
3-11-2016, 11:48
F.I.SH:Shakirov Tuyg'unjon Turg'unovich
Telefon: (371) 2689701
E-mail: tuygunshakirov2@gmail.com
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni:Dotsent
Chet tillarini bilishi:rus tili
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

"Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi

    Oliy o‘quv yurtlarining asosiy vazifasi–mustaqil O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida unumli ishlab, hozirgi ilm fan va ishlab chiqarishning murakkab sohalarida faoliyat ko‘rsata oladigan yetuk yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu vazifalarni yetarli darajada xal etish borasida Toshkent arxitektura–qurilish instituti "Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish” kafedrasi (1963-2010 yillar), "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi (2011 yildan boshlab) professor–o‘qituvchilari faol qatnashmoqdalar.

1962 yilda Toshkent politexnika institutida birinchi marta "Qurilish buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish” mutahassisligi bo‘yicha talabalar qabul qilindi va 1963 yilda mutaxassis tayyorlaydigan "Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish” kafedrasi tashkil etildi.

dots. Ikramov S.I., prof. Botvina L.M., prof. Asqarov B.A., prof. Akramov X.A., prof. Gaziyev U.A. rahbarligida olib borilgan ilmiy ishlar natijasida kafedrada o‘ziga xos ilmiy maktab yaratildi.

    Hozirgi kunda kafedrada, dunyo miqyosidagi standartlarga o‘tish borasida bakalavr va magistr darajalari bo‘yicha mutaxassisliklar tayyorlash uchun standartlar va ularga mos o‘quv rejalari yaratildi, o‘zbek tili va lotin imlosida adabiyotlar yaratish ishlari jadal olib borilmoqda.

Ta’lim haqidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kafedra 5340500 - Qurilish materiallari, buyumlari va kostruksiyalarini ishlab chiqarish, 5110000 - Kasb ta’limi (5340500-"Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish") ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 5A340501- Qurilish materiallari, buyumlari va kostruksiyalarini ishlab chiqarish, mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlab kelmoqda.

Kafedra faoliyati davomida qurilish industriyasi korxonalariga va ilmiy – tekshiruv tashkilotlariga 4500ga yaqin mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan cheklanmasdan, ilmiy – tadqiqot ishlari natijasida 4 fan doktori, 60 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdilar. Kafedra xodimlari tomonidan 55 dan ortiq mualliflik shahodatnomalari olindi. Kafedra tashkil etilgandan boshlab, mahalliy ashyolar asosida yuqori samarali qurilish materiallari olish va ular asosida temir-beton konstruksiyalarining tadqiqoti yo‘nalishida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika Davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan, ustivor yo‘nalishdagi "Mahalliy xom-ashyo va sanoat chiqindilardan qurilish materiallari, buyum va konstruksiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqarish tadqiqoti” va "Sanoat chiqindilari asosida tayyorlangan yer osti inshootlarida qo‘llaniladigan qorishmalar tarkibi, ularni tayyorlash va joylash texnologiyasini ishlab chiqarish” ilmiy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekistonning mahalliy sharoiti, hamda Respublika xom-ashyo manbalarini hisobga olib, yengil betonlardan qurilish buyumlari va konstruksiyalari yaratishga bo‘lgan talabga asosan, kafedrada olib borgan ilmiy izlanishlar natijasida yangi yuqori samarali g‘ovakli to‘ldirgichlar: tuproqsimon va datsit porfirlari asosidagi keramporit va kamporit, barxan qumlari asosida kvarseporit, karbonat birikmalari asosida olingan karboporit va boshqalar yaratildi.          Ushbu to‘ldirgichlarni yengil betonlarga qo‘llash va bu betonlarni oddiy va oldindan zo‘riqtirilgan egiluvchan yig‘ma temir–beton elementlarning xususiyatlarini atroflicha o‘rganib ishlab chiqarishga tavsiya etildi. Izlanishlar natijasida Respublika miqyosida yengil betonlarni o‘rganish, ularni loyihalash va ishlab chiqarishga tadbiq etish muammolari hal etilmoqda.

O‘zbekistondagi mavjud iqlim sharoitini nazarda tutgan holda, energiya–yoqilg‘ini yanada tejalishini ta’minlaydigan yangi ko‘p qatlamli devor panellarini loyihalash, ularni hisoblash usullari yaratildi.