| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi
1-11-2016, 11:30
Kafedra mudiri: Fazilov Alisher Shomurodovich
Tel: +998712348623
E-mail: faz_ali@mail.ru
Ma’lumoti: Oliy
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi:
Tizimli taxlil, boshqarish va axborotni qayta ishlash
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Chet tillarini bilish darajasi: Rus tili, Ingliz tili

Kafedra haqida

Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar asoslaridan talabalarga malakali bilim berishni tashkil qilish maqsadida 1991 yil 1 iyulda institut qoshida "Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi tashkil etilgan va unga texnika fanlari doktori, professor X.Z.Ikramova rahbar etib tayinlangan. Kafedraga 2002 yili "Informatika va axborot texnologiyasi” nomi berildi. 2004-2005 o’quv yilida kafedrani "Informatika va axborot texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 35 talaba bitirib, bakalavr darajasini oldi. Kafedra 2005 yil oktyabr oyida "Matematika” kafedrasiga qo’shildi. 2006 yil 6 fevralda "Informatika va komputer grafikasi” nomi bilan qayta tashkil etilib, unga professor A.M.Siddiqov mudir etib tayinlandi. Professor A.M.Siddiqov 2003-2008 yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qildi. 2008 yil dekabr oyidan 2011 yil sentyabr oyigacha dotsent J.X.Mirxamidov kafedrani boshqardi. 2011 yil sentyabr oyida kafedra ikkiga bo’linib, "Informatika va informatsion texnologiyalar” nomi bilan tashkil etildi va kafedra mudiri etib i.f.n., dotsent U.A.Shadmanova tayinlandi. 2017 yil dekabr kafedra mudiri etib t.f.n., dotsent A.SH. Fazilov tayinlandi.
Turli yillarda kafedrada akademik V.Q.Qobulov, professorlar D.Miraxmedov, R.Sadullayev, dotsentlar R.Yunusov, G.Lebedinskiy, B.Abikasimov, U.Baxramov, T.Nurmuhamedovlar ta’lim berishgan. Bugun kafedrada dotsentlar M.R.Musayeva, A.SH.Fazilov, katta o’qituvchilar M.Azimdjanova, F.Islamovalar assistant o’qituvchilar M.Kuchimov, K.Maxanov, N.Raximov, E.Qurbonov, Sh.Jo’rayevlar va injener-texnik xodim N.Xusanovalar xizmat qilmoqdalar. Ular bakalavriatura yo’nalishlari uchun "Qurilishda axborot texnologiyalari”, Magistratura mutaxassislari bo’yicha "Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlaridan institut talabalari, magistrantlari, iqtidorli talabalari, malaka oshirish markazi Komp’yuter tizimlarida axborotni himoyalash; ta’limda axborot texnologiyalari; tinglovchilariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmoqdalar.



 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi