| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi
1-11-2016, 12:18

"O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri: Qambarova Muxayyo Muydinjanovna

Telefon:235-43-64

E-mailpgs_9111@mail.ru

Ma'lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi:yo'q

Ilmiy unvoni: yo'q

Chet tillarni bilishi:Ingliz tili

Ma'lumoti bo'yicha mutaxasisligi:Jurnalist

"O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi haqida:

"O'zbek va xorijiy tillar” kafedrasi ТАQI tarkibida 1991-yil tuzilgan. Shu yillar davomida kafedraga professor М.B.Niyazova, dotsent М.U.Jo'rayeva, dotsent O’rmonova N.M. , 2016-yildan buyon esa vaqtinchalik vazifasini bajaruvchiМ.М.Qambarova rahbarlik qilmoqda.

O'tgan 25 yil ichida kafedraning tarkibi 8 tadan 28 taga professor – o'qituvchilar soni ko’paydi. Shulardan 1 professor ,1 dotsent ,14 katta oqituvchi vа 12 ta assistent o’qituvchilarni tashkil etadi.. Kafedra professor – o'qituvchilar tarkibining o'rtacha yoshi 40 yoshni tashkil etadi.

Prof. Ниязова М.Б., dotsent: Холмуротова Ж., katta o’qituvchilar: Абдувасикова Д.Д, Алланязов М.Б., Асқарова Ш.К., Атаханова Д.Н., Джуманиязова Э.К, Муталова Г.М., Смирнова В.Ю., Саттарова Н.Б., Утемуратова З.А., Хайитова Д.Б., Юлдашева З, Шарипова Г, аssistentlar: Арипова Н., Бабажанова Ё., Зокирова Х.А., Қаҳарова И, Курбанова Н.Г, Исроилова О, Норматова Д., Нуржанова З., Пулатова Н.Б., Салойдинова Н.Ш, Салимова К.М., Ҳайдарова М, Турдибекова Р.Ш.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanаdа takomillashtirish chorа-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1875-sonli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 mаydagi "Chet tillаr bo'yichа ta’limning barchа bosqichlari bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasigа qo'yiladigan talablar” to'g'risidagi 124-sonli qarorlari hamdа Yevropа Кеngashining "Chet tilini egallash umum yevropа kompetentsiyalari: o'rganish, o'qitish vа baholash” to'g'risidagi umum e’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (SEFR – Common European Framework of Reference)gа ko’ra оliy tа’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo'lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to'rt yillik tahsillari nihoyasidа o'rgangan chet tili bo'yichа В2 darajani egallashlari asosiy maqsad qilib belgilangan. Davr talabidan kelib chiqib, xorijiy tillаrda o'qitishni takomillashtirish to'g'risida farmonlar vа qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida kafedrа o'qituvchilari tomonidan ishchi o'quv dasturlari hamda barchа fanlardan o'quv-uslubiy majmualar qaytа ishlab chiqildi.

Kafedraning "Xorijiy tillarni o'qitishda interaktiv metod vа yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish”, "Tarjima nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammolari” ilmiy-metodik yo'nalishi mavzulari bo'yichа har yili xalqaro, Respublika, institut ilmiy-amaliy аnjumanlari to’plamlarida hamda ilmiy jurnallarida 50 dаn ortiq maqolalar, tezislar, uslubiy tavsiyanomalar chop etilmoqdа.