23июл
ABITURIENTGA ESLATMA

Abituriyentga eslatma!
Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- o`rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;
- harbiy qismdan tavsiyanoma.
- Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko`rsatiladi.
- Pasport shaxsan taqdim etiladi.
- Guruhlar bo`yicha abituriyentlar ro`yhati va bino va auditoriyalarning joylashishi aks etgan chizmalari o`quv yutrlari qabul komissiyalari tomonidan test sinovlari o`tkazilishidan 3 kun oldin e’lonlar taxtasiga osiladi.
Yuqorida ko`rsatilgan barcha hujjatlar mavjud bo`lgan holda qabul komissiyasi abituriyentni qabul qilishni inkor etish huquqiga ega emas. Fuqarolar ikkinchi va keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. (“Ta’lim to`g`risida”gi Qonun,14-modda).
Abituriyent test sinovlari o`tkaziladigan kundan 3 kun oldin test sinovlari o`tkaziladigan binoning joylashgan o`rni va nomi, qavat va auditoriya raqami ko`rsatilgan chizmani sinchiklab o`rganadi va eslab qoladi. - Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil videoqo‘llanma
Abituriyenlar uchun yo‘riqnoma (2020-2021-o‘quv yili uchun)
Test sinovlaridan 3 kun oldin abituriyentga guruh raqami ko`rsatilgan ruhsatnoma beriladi.
- Abituriyentlar diqqatiga! (manba DTM.uz)
Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash to'g'risida
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori