07сен
Monitoring va ichki nazorat bo’limi

Tel: +99871 235-14-36
Ma’lumoti: Oliy
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: O’qituvchi
Chet tillari: rus tili, nemis tili
Monitoring va ichki nazorat bo’limining vazifalari
Monitoring va ichki nazorat bo’limi (keying orinlarda-“Bo’lim” deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, topshiriqlarining Toshkent arxitektura-qurilish instituti (keying o’rinlarda – “Institut” deb yuritiladi)ning tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni ta’minlovchi Institutning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, Qurilish vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining Institut tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’z vaqtida ijro etilishi bo’yicha ishlarni tashkill etadi.
Elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlarning o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi.
Nazorat ishlarini muvofiqlashtirish, barcha tarkibiy bo’linmalarda ijro intizomi ahvolini o’rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha zarur yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshiradi, kamchiliklar to’g’risida Institut Rektorini xabardor qiladi.
Institutda elektron ish yuritish hamda hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida metodik yordam ko’rsatadi.
Bo’lim ogohlantiruvchi nazoratni amalga oshiradi, ijro intizomining joriy (har kunlik) va har oylik tahlilini o’tkazadi hamda Institut Rektori huzuridagi yig’ilishlarda axborot berib boradi.
Ijro nazorati samaradorligini oshirish, shuningdek, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Institut tarkibiy bo’linmalari – hujjatlar ijrochilari tomonidan topshiriqlarni bajarganlik to’g’risida taqdim etilgan hujjatlar asosida ularni nazoratdan chiqarish ishlarni amalga oshiradi.
Institut tarkibiy bo’linmalari tomonidan ijro intizomi nazorati tashkil etilishini va uning ahvolini muntazam ravishda maqsadli o’rganadi, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko’satadi. O’rganish natijalari tahlili asosida taklif va xulosalar ishlab chiqadi.
Institut tarkibiy bo’linmalaridagi ijro intizomi ahvolini o’rganish natijalari to’g’risida Rektorga axborot beradi, uning topshrig’iga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan buyruqlarni ijrosini nazorat qiladi.
Zarur hollarda ijro intizomiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko’rish yuzasidan Institut Rektoriga takliflar kiritadi.