Xalqaro aloqalar bo‘limi

Tel: +99871 235-47-80
ishchi tel:55-508-02-89
Ma’lumoti: Oliy
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Muhandis
Chet tillari: ingliz tili, rus tili
Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan asosiy maqsad – institutga chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda rivojlangan mamlakatlarning arxitektura va qurilish sohasidagi OTMlarining boy tajribasini o‘rganib, institutda ta’lim sifatini oshirishga erishishdir.
Hozirgi kunda institut xorijiy mamlakatlarning 78ta nufuzli OTMlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalar o‘rnatgan, jumladan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Indoneziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston kabi davlatlarning qator nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunga qadar hamkor OTMlardan 20 nafar magistrant, 2 nafar doktorant, 30 nafar talabalar tahsil olgan hamda amaliyot o‘tagan.
Oxirgi uch yil davomida institutda bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Mazkur shartnomalar doirasida Belorussiya milliy texnika universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dasturlar (“2+2”), Moskva arxitektura instituti bilan 1 ta ta’lim yo‘nalishi, Germaniyaning Anxalt amaliy fanlar universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda magistraturaning “Tarixiy obidalarni saqlash va ta’mirlash” mutaxassisligi bo‘yicha (“1+1”), Polshaning Belostok texnika universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda mgistraturaning 2 tamutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari amalga amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda mazkur ta’lim dasturlari bo‘yicha institutda jami 170 nafar talaba tahsil olmoqda.
2017-2020 yillar davomida institutda turli xalqaro OTM va tashkilotlar hamkorligida 8 ta xalqaro konferensiya, 1 ta xalqaro festival, 1 xalqaro simpozium hamda 4 ta seminar tashkil etilgan.
Institutning 3 nafar vakili Xitoy Xalq Respublikasi hamda Turkiyaning nufuzli ta’lim muassasalarida PhD dasturi bo‘yicha tahsil olmoqda.
Oxirgi uch yil davomida institutda 6 ta Xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalari amalga oshirilgan.
Germaniyaning Folksvagen fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Toshkent shahrining tarixiy obidalari topografiyasi” loyihasi Germaniyaning Veymar Bauxaus universiteti hamda Drezden texnika universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan. Loyihaning umumiy qiymati – 192 600 Yevro. Loyihaning bajarilish muddati 2017-2020 yy.
Germaniyaning Folksvagen fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Shaharlarning barqaror rivojlanishi – O‘zbekistonda shaharsozlik istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ko‘chma konferensiya loyihasi. Loyihaning umumiy qiymati – 5818 Yevro. Loyihaning bajarilish muddati 2019 yil (bir marotabalik).
Ayni vaqtda institutda Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi doirasida 3 ta loyiha mavjud. Jumladan, DSinGIS “Geoinformatika sohasida doktorantura”, Germaniyaning Veymar-Bauxaus instituti bilan o‘zaro hamkorlikda “Inter-institutional agreement 2020-2023 between instituions from programme and partner countries” loyihasi, Gresiyaning G‘arbiy Attika universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda “UNIWA” loyihalari amalga oshirilmoqda. DSinGIS “Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasi doirasida institutning jami 7 nafar vakillari malaka oshirdilar va seminar-treninglarda ishtirok etdilar. Shuningdek, institutga jami 31 000 Yevro miqdorida GIS-texnologiyalariga oid zamonaviy laboratoriya jihozlari olindi.
2021 yildan boshlab Germaniyaning Potsdam amaliy fanlar universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda Germaniya Akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtirishga qabul qilingan “Sharq bilan hamkorlik” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha uch yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Har yili institutning 25 nafardan ortiq talabalari “Talabalar almashinuvi” dasturi doirasida hamkor OTMlarda tahsil oladilar. Ayni vaqtda institutda jami 10 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar institut talabalari, magistrantlari va doktorantlariga dars o‘tmoqdalar.
Shuningdek, institutning 30 nafar professor-o‘qituvchilari dunyoning nufuzli 1000 taligiga kirgan ta’lim muassasalarida ma’ruza o‘qidilar.
Bugungi kunda Toshkent arxitektura qurilish institutida xorijiy mamlakatlardan jami 24 nafar talaba tahsil olmoqda.