07сен
Magistratura bo'limi

Telefon: +99871 234-13-66
Faks: +99871 234-13-64
E-mail: master@taqi.uz
Ma'lumoti: Oliy
Ilmiy daraja:
Ilmiy unvon: Chet tillari: Rus tili
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: Iqtisodchi
Bo'limi haqida
Toshkent arxitektura qurilish instituti magistratura bo'limida jami 25 ta mutaxassilik bo'yicha jami 260 nafar talaba tahsil oladi. Jumladan 1-kurs bo'yicha 141 nafar, 2-kurs bo'yicha 119 nafar talaba tahsil olishadi. 2-kurs talabalaridan 8 nafari Beruniy stipendiyasi, va 1 nafari Prezident stipendiyasi sovrindori hisoblanishadi.
Magistratura mutaxassisliklari zaruriy darsliklar va o'quv adabiyotlari bilan ta'minlangan. Talabalarning fanlarni o'zlashtirishi, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari holati bo'yicha har semestrda bir marta fakultetlar ilmiy kengashiga hisobot beriladi. Magistratura talabalarining shaxsiy ish rejasini bajarilishini semestr davomida har oyda bir marta kafedra yig’ilishida muhokamadan o'tkaziladi.
Bitiruvchi talabalarining dissertatsiya ishlarini sifatli va o'z vaqtida reja asosida bajarilishini doimo nazorat qilinib, aprel – may oylarida attestatsiya o'tkaziladi. Magistratura bo'limi tomonidan mutaxassislik fanlarining dars jadvali asosida o'quv mashg’ulotlarini sifatli o'tkazilishi hamda talabalar davomatini doimiy nazoratga olinadi.
Magistratura bo’limida tayyorlanadigan mutaxassisliklar ro’yxati:
1. 5A150901 - Dizayn
2. 5A310902 - Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
3. 5A311502 - Geodeziya va kartografiya
4. 5A313401 - Geodeziya va geoinformatika
5. 5A320101 - Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi
6. 5A340101 - Bino va inshootlar arxitekturasi
7. 5A340102 - Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash
8. 5A340103 - Shaharsozlik va qishloq aholi yashash joylarini kompleks qurish
9. 5A340104 - Landshaft arxitekturasi
10. 5A340201 - Bino va inshootlar qurilishi
11. 5A340202 - Qurilishni tashkil etish texnologiyasi
12. 5A340204 - Qurilish konstruktsiyalari, maxsus jihozlar va muhandislik tizimlari montaji
13. 5A340206 - Qurilish iqtisodiyoti
14. 5A340302 - Shahar transport xo’jaligi va aloqa yo’llari
15. 5A340401 - Suv ta`minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish
16. 5A340403 - Issiqlik-gaz ta`minoti, ventilyatsiya, havoni mo’`tadillash va havo havzasini muhofaza qilish
17. 5A340501 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish
18. 5A340701 - Gidrotexnika inshootlari
19. 5A340702 - Geotexnika va Yer osti gidrotexnika inshootlari
20. 5A340901 - Ko’chmas mulkni baholash va boshqarish
21. 5A230201-Menejment
22. 5A340502-Devorbop va issiqlik izolyatsiyolovchi qurilish materiallari texnologiyasi
23. 5A340502- Pardozbop materiallar texnologiyasi
24. 5A340504- Beton va temirbeton texnologiyalari
25. 5A341301- Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish.