Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i

Telefon: +998 71 235-32-66,
E-mail: manaviyat-taqi@mail.ru
Ma`lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)
Ilmiy unvoni: Dotsent
Chet tillarni bilishi: Rus tili, Ingliz tili
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Vrach pediatr
Bo`lim faoliyati:
Yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallagan, professional kasb mahorati, malakaviy bilim, mustaqil fikrlash asosida ish yurita oladigan va jahon andozalariga javob beradigan mutaxassis-kadrlarni tayyorlash ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning bosh maqsadidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: "Amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning taqdiri kadrlar tayyorlashga chambarchas bog‘liqligini biz aniq va ravshan anglab olishimiz lozim”. XXI asr globallashayotgan, mintaqaviy, geopolitik, umumjahon muammolari, hodisalari va voqealari nafaqat har bir davlatga, balki har bir insonga bevosita ta’sir o‘tkazayotgan, uning ma’naviy qiyofasini, ichki dunyosini, shaxs sifatida shakllanishini belgilab beruvchi omilga aylanayotgan davrdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur omilni inobatga olgan holda, yuksak ma’naviy, ahloqiy tamoyillarga, vatanparvarlik, o‘z xalqi, millatiga sodiqlik g‘oyalariga amal qiladigan, o‘z shaxsiy manfaatlarini umumdavlat, milliy, insoniy manfaatlar bilan uyg‘unlashtira oladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligini anglay oladigan, xalqimiz, millatimiz, dinimizga begona bo‘lgan turli diniy, ekstremistik, terroristik, umuman, zararli g‘oyalarga murosasizlik kayfiyatida bo‘lgan, erkin fikrlovchi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan, "mafkuraviy immunitet”i shakllangan mutaxassis kadrlarni tayyorlash strategik maqsadimiz bo‘lmog‘i kerak.
Mazkur institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va rektorning buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishida har taraflama yetuk va barkamol, mustaqil fikrlay oladigan, milliy g‘oya bilan qurollangan, ma’naviy qadriyatlarimizni o‘zlashtirgan, vatanparvar yoshlarni tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Xalqimiz, dinimizga yot bo‘lgan turli buzg‘unchi g‘oyalarni o‘z vaqtida payqay oladigan, ogoh va g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurasha oladigan hushyor va bilimdon yoshlarni tarbiyalash ta’lim-tarbiya sohasi xodimlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Institutda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar asosan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda muntazam olib boriladi:
Tashkiliy-tarbiyaviy ishlar;
Milliy g‘oya targ‘iboti;
Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, shuningdek, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik tarbiyasi;
Vatanga muhabbat, o‘z millati, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy g‘urur tarbiyasi;
Siyosiy madaniyat va huquqiy ongni shakllantirish;
Mafkuraviy tarbiya;
Aqliy tarbiyalanganlik;
Umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;