Arxitektura fakulteti dekani
Fakultet dekani: Reyimbaev Shuhrat Sadullaevich
Telefon: +99871 241-80-02
E-mail: shuh_1977@mail.ru
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: Dotsent
Chet tillarini bilishi: Ingliz tili
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Arxitektor
Fakultet to'g'risida
1929 yilda O’rta Osiyo Politexnika instituti tarkibida tashkil topgan qurilish fakultetining arxitektura bo’limida O’zbekiston xududida arxitektor kadrlar tayyorlashga asos solindi. 1934 yilda birinchilar qatorida ushbu bo’limni bitirgan Abdulla Boboxonov, S.Asaturov, G.Jaxongirovlar keyinchalik mashxur arxitektor-muxandis, taniqli pedagog olim bo’lib etishdilar.
1991 yilda Toshkent arxitektura—qurilish instituti tashkil qilingach, birinchi kundan boshlaboq o’quv jarayoni qayta tashkil etildi, kadrlar tayorlashning zamonaviy talablarga moslashtirish soxasida juda katta tashkiliy ishlar qilindi. 1991-93 yillarda yo’nalish va mutaxassisliklarning o’quv rejalari qayta ishlab chiqildi. Talabalar uchun ikki bosqichli tizim, yani bakalavr va magistrlar tayyorlash tizimi joriy etildi. Hozirgi kunda Arxitektura fakultetida uchta yo’nalish: 5340100 -"Arxitektura", 5150900 - "Dizayn", 5341000 - "Qishloq xududlarini arxitektura loyihaviy tashkil etish" bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Arxitektura ta’lim yo’nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash muddati 4,5 yil, dizayn yo’nalishida esa 4 yil.
Bugunda fakultetda 4 ta mutaxassis tayyorlovchi 2 ta yordamchi kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda. Bular "Arxitektura tarixi va nazariyasi", "Arxitekturaviy loyihalash", "Landshaft dizayni va inter’er", "Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi", "Rasm, rangtasvir va xaykaltaroshlik" va "Chizma geometriya va kompyuterda loyihalash" kafedralaridir.
Fakultetda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 8 nafari fan doktori professorlar, 30 nafari fan nomzodi dotsentlar, 72 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir.
Fakultetda 4 ta mutxassislik boyicha magistrantlar tayyorlanadi bular: 5A340101-"Bino va inshootlar arxitekturasi", 5A340102-"Arxitektura tarixi va nazariyasi", 5A340103-"Shaharsozlik, shahar va qishloq aholi yashash joylarini rejalash", 5A340104-"Landshaft arxitekturasi", 5A150901-"Dizayn".
Bugungi kunga kelib fakultetda bakalavr va magistrlar tayyorlashdatalabalarga zarur bo’lgan o’quv rejalari, na’munaviy fan dasturlariva 100 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yangi darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar ustida isholib borilmoqda.