08авг
Magistratura bosqichiga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga.
Toshkent arxitektura-qurilish institutida 2021-2022 oʻquv yilida magistraturaga talabalikka oʻqishga qabul qilish boʻyicha mutaxasssislik fanlardan kirish sinovi test shaklida oʻtkaziladi.
Test sinovlari instituti rektori tomonidan tasdiqlangan “Magistraturaga kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) oʻtkazish grafigi” asosida oʻtkaziladi.
Hurmatli abiturientlar test sinovlaru boshlanishidan bir soat oldin Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti (Coworking markazi) kelishingizni soʻraymiz. Manzil: Toshkent shahar Shayxontohur tumani A.Qodiriy koʻchasi 7 uy. (moʻljal: Shayxontohur tumani hokimiyat binosi) .
Abituriyentlar, pasport hamda magistr.edu.uz saytidan hujjati qabul qilinganligi to'g'risidagi arizasini (Ruhsatnoma o'rniga) chop qilib olib kelishlari so'raladi.
Oʻtkaziladigan test natijalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Magistratura mutaxassisligi boʻyicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov – test variantlari mazkur fan dasturi mavzulari asosida tuziladi.
Talabgor uchun maxsus fanlardan sinovdagi testlar soni 50 (ellik)tani tashkil qilib, har bir toʻgʻri variant uchun 2 (ikki) ball toʻplash imkoniyatiga ega boʻladi. Jami toʻgʻri topilgan testlar uchun maksimal 100 (yuz) balldan iborat boʻladi. Jami test variantlarini topshirish uchun ajratiladigan vaqt 1 (bir) soat 40 (qirq) daqiqani tashkil qilib, har bir variant uchun 2 (ikki) daqiqadan vaqt ajratiladi.
Test sinovlari kompyuter texnikasidan foydalangan holda oʻtkaziladi va talabgor test savollarini yechib boʻlgan zaxotiyoq natijalarini bilish imkoniyatiga ega boʻladi, oʻsha vaqtning oʻzida test natijalari rasmiylashtiriladi hamda uzogʻi bilan uch kun muddat ichida belgilangan tartibda Davlat test markazining tegishli elektron portaliga kiritiladi.
Ushbu mutaxassislik maxsus fandan kirish sinovi-testlar uchun belgilangan maksimal ballning 55 (ellik besh) foizi (55 ball) va undan kam ball toʻplaganlar, shuningdek,belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
Belgilangan kunlarda test sinovlariga qatnashuvchi talabgorlardan karantin talablariga qatʼiy roiya qilgan holda kelishlari soʻraladi.